ENZO Shifer
Yuqori sifatli xomashyodan, laboratoriya nazoratida. Issiq, sovuq va namlikka chidamli.
Muammo
Nima uchun bu muhim
Koʻp hollarda mijozlar arzonroq variantni tanlaydi. Lekin 2–3 yildan soʻng u eskiradi va suv oʻtkazadi. Uni almashtirish xarajatini qoʻshib hisoblasangiz, boshidagi arzon tanlov qimmatga tushadi.
Yechim
ENZO qanday hal qiladi
ENZO Shifer yuqori sifatli xomashyodan, laboratoriya nazoratida ishlab chiqariladi. Xrizotil tola Ural Asbest (Rossiya) dan keladi — shifer mahsulotining uzoq xizmat muddati undagi sement va asbest sifatiga bogʻliq.
Xarakteristika
Texnik maʼlumot
Qiymatlar ENZO GROUP katalogidan. Toʻliq jadval va pozitsiyalar boʻyicha menejer bilan aniqlashtiriladi.
- Uzunligi × eni
- 1750 × 1130 mm
- Qalinligi
- 5,7 mm
- Toʻlqinlar soni
- 8 ta
- Toʻlqin balandligi / qadami
- 40 mm / 150 mm
- Foydalanish maydoni
- 1,6 m² (bitta varaq)
- Xizmat muddati
- 50+ yil
- Xomashyo
- Ural Asbest (RF) — xrizotil tola
Quvvat
Shifer boʻyicha quvvatimiz
Ishlab chiqarish 24 soat, yil davomida toʻxtamaydi.
Tekshiruvlar
Laboratoriya
Mahsulotning qanchalik mustahkamligini koʻz bilan aniqlash qiyin.
Shuning uchun biz har bir mahsulotni zavoddan chiqmasdan oldin laboratoriyada tekshiramiz. Sement, beton, temir-beton mahsulotlar hammasi. Mustahkamlik, namlikka chidamlilik, harorat barchasi oʻlchanadi va qayd etiladi.
Mustahkamlik
Namlikka chidamlilik
Harorat


Kalkulyator
Narx qanday hisoblanadi?
Narx hamma buyurtmachilar uchun bir xil emas, chunki hajmlar har xil. Katta hajmda buyurtmalar uchun narx individual hisoblanadi. Doimiy hamkorlar uchun esa alohida shartlar kelishiladi.
FAQ
Koʻp soʻraladigan savollar
Koʻpchilik ikkilanuvchi savollarga javoblar
Foydalanish maydoni — 1,6 m². Yaʼni 100 m² tomga taxminan 63 varaq kerak, ustma-ust qoʻyish zaxirasi bilan 70 ga yaqin. Aniq miqdorni kalkulyatorda hisoblab koʻrishingiz mumkin.
Mahsulotlar toʻgʻridan-toʻgʻri zavoddan, vositachilarsiz yetkazib beriladi. Shu sababli mijozlar ENZO mahsulotlarini 1-qoʻl narxda xarid qilish imkoniga ega boʻladi.
Biz mahsulotlarimizga rasmiy kafolat beramiz va bu kafolat faqat soʻzda emas — hujjat bilan tasdiqlanadi. Agar mahsulotda biror muammo aniqlansa, uni qaytarib olib, hech qanday ortiqcha savollarsiz yangisiga almashtirib beramiz.
Ha, mahsulotlarimizni Oʻzbekiston boʻylab yetkazib beramiz. Buyurtma hajmi va manziliga qarab yetkazib berish shartlari alohida kelishiladi.
Ha, biz ishlab chiqarishni mavsumga bogʻlamaymiz — yil davomida, qishda ham uzluksiz ishlaymiz. Zavodimiz 24/7 formatda faoliyat yuritadi.
Ha, barcha mahsulotlarimiz tegishli sertifikatlar va hujjatlar bilan tasdiqlangan. Ishlab chiqarish jarayoni amaldagi davlat standartlariga muvofiq olib boriladi va har bir mahsulot sifat nazoratidan oʻtkaziladi.
Aniq narxni oling
Mahsulot turi, miqdor va yetkazish manzilini ayting — narxni va muddatni hisoblab beramiz.
- +998 55 810 77 77
- enzogroupuz@gmail.com
- Ish vaqti: Dushanba – Shanba, 08:00 – 18:00