ENZO zavodi: sement silosi, beton uzeli va mikser parki

ShiferSementBeton

Zavoddan toʻgʻri qurilish maydonigacha

Har partiyada hujjat,
kelishilgan muddat
va vositachisiz zavod narxi.

16+
Yillik tajriba
700+
Malakali xodimlar
200+
Hamkorlar
5yil
Rasmiy kafolat

ENZO haqida

Biz haqimizda

ENZO GROUP - bu Fargʻona viloyatida joylashgan, shifer, sement, tayyor beton va temir-beton buyumlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik ishlab chiqaruvchi kompaniya.

2009-yildan beri bozordamiz. Shu vaqt ichida turar-joy majmualari, yirik infratuzilma loyihalari va jamoat binolari uchun minglab kub metrlar hajmida mahsulot yetkazib berdik.

Bugun ENZO GROUP – bu faqat ishlab chiqarish emas, balki qurilish uchun ishonchli va mustahkam tizim.

«ENZO Kompaniyasi» — zavod ichidan olingan kadrlar: liniyalar, uskunalar va kunlik ish jarayoni.

Tarix

Bizning tariximiz

2009

Asos solinishi

Shifer ishlab chiqarish jarayoni yoʻlga qoʻyildi

2010

Beton ishlab chiqarish

Beton mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi

2019

Sement ishlab chiqarish

Oʻz sement ishlab chiqarishimiz yoʻlga qoʻyildi

2024

Yangilanish

Shifer linyalari toʻliq modernizatsiya qilindi. Xitoy va Yevropadan maxsus qoliplash texnologiyalari oʻrnatildi

2026

Birlashish

Barcha yoʻnalishlar ENZO GROUP brendi ostida birlashtirildi

Mahsulotlar

Asosiy mahsulotlar

ENZO Shifer

ENZO — Shifer

Koʻp hollarda mijozlar arzonroq variantni tanlaydi. Lekin 2-3 yildan soʻng, u eskiradi va suv oʻtkazadi. Uni almashtirish xarajatini qoʻshib hisoblasangiz, boshidagi arzon tanlov qimmatga tushadi. ENZO Shifer yuqori sifatli xom ashyodan, laboratoriya nazoratida ishlab chiqariladi. Issiq, sovuq, namlikka chidamli.

Oʻlchami
1750 × 1130 mm
Qalinligi
5,7 mm
Toʻlqinlar
8 ta · balandligi 40 mm
Foydalanish maydoni
1,6 m²
Xizmat muddati
50+ yil
Xomashyo
Ural Asbest — xrizotil tola

ENZO Sement

ENZO — Sement

Sement sifati qurilish vaqtida emas, biroz vaqt oʻtib bilinadi. Yillar oʻtgach devorlarda yoriqlar chiqishi yoki qoplama koʻchishi mumkin. ENZO sementi 2019-yildan beri ishlab chiqariladi va GOST talablariga toʻliq mos, oʻz OTK nazoratimizdan oʻtadi. Bugun u ENZO Optima M450 va ENZO EXTRA M550 nomlari ostida chiqariladi.

Turi
Portlandsement
Markalar
M400 · M450 · M500 · M550
Brendlar
ENZO Optima M450 · ENZO EXTRA M550
Qadoq
Qopli va naval (boʻsh holda)
Gips ulushi
1,5–3,5%

ENZO Tayyor beton

ENZO — Tayyor beton

Beton yetkazib berishda eng muhim omil - vaqt. Aralashtirilgandan keyin u tezda quyilmasa, sifati va mustahkamligi pasayadi. ENZO betonni beton nasoslar orqali toʻgʻridan-toʻgʻri qurilish maydoniga yetkazadi. Qishda ham ishlab chiqarish toʻxtamaydi va beton harorati nazorat qilib boriladi.

Markalar
M100 – M500
Beton klassi
B7,5 – B40
Qoʻllanilishi
Poydevor · qavat plitalari · kolonna · yoʻl
Yetkazish
Mikser + beton nasos
Nazorat
Har bir partiya — zavod laboratoriyasida

ENZO Temir-beton buyumlar

ENZO — Temir-beton (ЖБИ)

Temir-beton mahsulotlar bir marta oʻrnatiladi. Agar u sifatsiz boʻlsa, u yoriladi va sinadi. Uni qayta tiklash esa boshidagi narxdan koʻra qimmatga tushadi. Bizning mahsulotlarimiz zavodda, oʻz sementimizda (M200 dan M500 gacha) ishlab chiqariladi. Har biri joʻnatilishidan oldin laboratoriya tekshiruvidan oʻtadi.

Turkumlar
ПБ · 2ПК · ЛИ · CT · CB · KC
Qavat plitalari
ПБ24–ПБ89 · uzunligi 2,36–8,86 m
Hisobiy yuklama
450 · 600 · 800 kgs/m²
Seysmiklik
9 ballgacha
Standartlar
OʻzDSt 2805:2013 · 3315:2018 · 3062:2016 · ГОСТ 9561-91

Tanlov narxi

Arzon tanlovning haqiqiy narxi

Material narxi — chekning birinchi qatori, oxirgisi emas. Qolgan qatorlar keyinroq, boshqa joyda toʻlanadi.

Eskirgan shifer tomi: yoriqlar, moʻyna va singan chekka
Arzon varaq shunday tugaydi: yoriq, moʻyna, singan chekka. Bu tom qaytadan yopiladi.
Sifatsiz beton: kovaklar, sovuq chok va yoriq
Marka past chiqqan beton: kovaklar, sovuq chok, yoriq. Buni faqat quyilgandan keyin koʻrasiz.

Tomni ikki marta yopasiz

Arzon shifer 2–3 yilda suv oʻtkaza boshlaydi. Ikkinchi safar faqat varaq emas: eski tomni yechish, chiqindini olib chiqish va usta haqi ham qaytadan toʻlanadi.

Brigada bekor turadi

Material kech kelsa yoki partiya rad etilsa, obyektdagi ish toʻxtaydi. Bekor turgan kun uchun ham ish haqi toʻlanadi — bu material narxida koʻrinmaydi.

Hujjat topshirishda soʻraladi

Obyektni topshirishda materialning sertifikati talab qilinadi. Hujjatsiz kelgan partiya hisobga oʻtmaydi — oʻsha material ikkinchi marta sotib olinadi.

Marka faqat keyin maʼlum boʻladi

Betonning haqiqiy markasini laboratoriyasiz aniqlab boʻlmaydi. Agar u aytilganidan past chiqsa, buni konstruksiya quyilgandan keyin bilasiz.

Shuning uchun ENZOʻda har partiya laboratoriyadan oʻtadi va hujjat bilan chiqadi. Bu narxni oshirmaydi — ikkinchi toʻlovni yoʻq qiladi.

Quvvat

Ishlab chiqarish quvvati

Ishlab chiqarish 24 soat, yil davomida toʻxtamaydi.

Hajmingizni ayting — quvvatimiz yetadimi, darrov aytamiz.

Hajmni hisoblatish
800
m³ tayyor beton / kun
60 000
tonna sement / oy
1,5 mln
dona shifer / yil
100
dona temir-beton plita / kun

Zavod

Galereya

Hech qanday sahnalashtirish yoʻq — oddiy ish kunidagi kadrlar.

Plitalar maydoni, kran
Plitalar maydoni — kran bilan yuklash
Shifer liniyasi
Shifer liniyasi
Mikser beton tugunida
Mikser beton tugunida
Shifer toʻlqini, yaqindan
Shifer toʻlqini — 40 mm, yaqindan
Sement silosi
Sement silosi
Xodim liniya boshqaruv panelida
Liniya boshqaruv paneli
Beton quyish jarayoni
Beton quyish jarayoni
Kran bilan shifer paketini koʻtarish
Shifer paketini koʻtarish
Koʻp boʻshliqli plita kesimi
Koʻp boʻshliqli plita — kesim

Tekshiruvlar

Laboratoriya

Mahsulotning qanchalik mustahkamligini koʻz bilan aniqlash qiyin.

Shuning uchun biz har bir mahsulotni zavoddan chiqmasdan oldin laboratoriyada tekshiramiz. Sement, beton, temir-beton mahsulotlar hammasi. Mustahkamlik, namlikka chidamlilik, harorat barchasi oʻlchanadi va qayd etiladi.

01

Mustahkamlik

02

Namlikka chidamlilik

03

Harorat

Sizga yetkazilgan mahsulot allaqachon tekshirilgan. Har bir partiya bilan birga OTK xulosasi va texnik hujjatlar beriladi.

Zavod laboratoriyasidagi press-mashina
Namuna sinov uskunasi

Hujjatlar

Sertifikat va standartlar

Ishlab chiqarish jarayoni amaldagi davlat standartlariga muvofiq olib boriladi va har bir mahsulot sifat nazoratidan oʻtkaziladi.

Mexmonov Muzaffar Muysinjonovich — ENZO GROUP bosh direktori

Murojaat

Bosh direktor soʻzi

Qurilishda vaqt — bu pul. Materiallar qanchalik tez yetkazilsa, ishlar shunchalik tez bajariladi. Bekor turish esa doim ortiqcha xarajat — shuning uchun ishonchli hamkor tanlash muhim.

Shu tamoyilga amal qilib, 2009-yildan beri kichik ishlab chiqaruvchidan toʻliq mahsulot liniyasiga ega koʻp tarmoqli kompaniyaga aylandik.

Bu yutuqlarda jamoamizning hissasi beqiyos — har bir xodimning mehnati bilan faxrlanamiz.

Mexmonov Muzaffar Muysinjonovich
Bosh direktor

Nima uchun ENZO

Nima uchun ENZO GROUP?

Bozorda yetkazuvchilar koʻp, lekin biz ishlab chiqaruvchimiz.

2009-yildan beri shifer, beton va sementni bir tizimda ishlab chiqarib kelamiz. Vositasiz ishlaganimiz uchun ortiqcha ustama yoʻq, narxlar sunʼiy oshmaydi va har bir mahsulot OTK tekshiruvidan oʻtadi.

Bitta ishlab chiqaruvchi

Shifer, sement, tayyor beton va temir-beton — barcha asosiy qurilish materiallarini bir joydan olasiz. Bitta shartnoma, bitta javobgar, bitta sifat standarti.

5 yilgacha kafolat

Mahsulot sifat standartlariga mos kelmasa, almashtiriladi yoki qaytariladi.

Barqaror sifat nazorati

Har bir partiya mijozga joʻnatishdan oldin laboratoriya tekshiruvidan oʻtadi.

Oʻz vaqtida yetkazib berish

Barcha buyurtmalar kelishilgan muddatda yetkaziladi.

24/7
Ishlab chiqarish toʻxtamaydi — qishda ham, dam olish kunlari ham

Kim uchun

Kimlar bilan ishlaymiz

Bir xil beton uch xil odamga keladi — yirik pudratchiga, prorabga va oʻz uyini quruvchiga. Har birining birinchi savoli boshqa, javobi ham shunga qarab.

Quruvchi kompaniyalarga

Grafik boʻyicha yetkazish, har partiyada sertifikat va bitta menejer orqali toʻrtta mahsulot. Hajm oshgani sayin shartlar alohida kelishiladi.

Shartlarni muhokama qilish

Prorab va brigadalarga

Mikser qachon chiqishini oldindan bilasiz. Obyektga oʻzimiz yetkazamiz — mashina qidirish va navbat kutish sizning ishingiz emas.

Yetkazishni kelishish

Oʻz uyini quruvchilarga

Qancha material kerakligini oʻzingiz hisoblab olasiz, keyin telefonda tekshirib beramiz. Kichik hajmda ham narx zavod narxi boʻlib qoladi.

Hajmni hisoblash

Farqi nimada

Zavoddan olish va vositachidan olish

Bir xil koʻrinadigan mahsulot ikki xil yoʻl bilan keladi. Farq narxda emas — hujjatda, markada va javobgarlikda.

Zavoddan toʻgʻridan-toʻgʻri

  • 1-qoʻl narx — ustama yoʻq
  • Har partiyada hujjat va sertifikat
  • Marka hujjatda koʻrsatilganidek
  • Har partiya laboratoriyadan oʻtadi
  • Kafolat yozma — kafolat kartasi bilan
  • Qishda ham uzluksiz ishlab chiqarish
  • Toʻrt mahsulot — bitta menejer

Vositachi orqali

  • Narx ustama bilan keladi
  • Hujjat koʻpincha berilmaydi
  • Marka soʻzda aytiladi, tekshirilmaydi
  • Sifat nazorati kimdaligi nomaʼlum
  • Kafolat ogʻzaki
  • Taqchillikda narx sakraydi
  • Har mahsulot boshqa odamdan

Mijozlar

Mijozlarimiz nima deydi

Baxtiyor
Prorab · Vodiy Nihol
Ikromjon
Prorab · Pakana Residence

Bizga ishonganlar

JBA GROUP
BETON MAX
Central Beton
DREAM RESIDENCE
Megamix
DILBAR-TT HOUSE
ECOIZOLIT
КУВАСАЙ ЧЕК ШИФЕР
Rivoj

Kalkulyator

Narx qanday hisoblanadi?

Narx hamma buyurtmachilar uchun bir xil emas, chunki hajmlar har xil. Katta hajmda buyurtmalar uchun narx individual hisoblanadi. Doimiy hamkorlar uchun esa alohida shartlar kelishiladi.

Mahsulot, oʻlchov va yetkazish manzilini kiriting — taxminiy narxni oling

Narxlar zavod (Fargʻona viloyati, Quvasoy) narxlari. Yetkazib berish bu hisobga kirmaydi — hududga qarab alohida kelishiladi.

Jarayon

Koʻpchilik yangi yetkazuvchi bilan ishlash qiyin deb oʻylaydi. Aslida, eng koʻp vaqt narxni aniqlashtirishga ketadi

01

Bogʻlanasiz

Sizga mahsulot turi, miqdor va yetkazish manzili asosida mos taklif tayyorlaymiz.

02

Hisoblaymiz

Qisqa vaqt ichida sizga aniq narx va yetkazib berish muddatini hisoblab beramiz.

03

Shartnoma

Hammasi yozma ravishda aniq belgilanadi - narx, miqdor, yetkazib berish va kafolat shartlari.

04

Yetkazib beramiz

Mahsulotni aytilgan manzilga yetkazib beramiz. Keyin ham aloqa davom etadi, kafolat davrida muammo boʻlsa, biz hal qilamiz.

FAQ

Koʻp soʻraladigan savollar

Koʻpchilik ikkilanuvchi savollarga javoblar

Mahsulotlar toʻgʻridan-toʻgʻri zavoddan, vositachilarsiz yetkazib beriladi. Shu sababli mijozlar ENZO mahsulotlarini 1-qoʻl narxda xarid qilish imkoniga ega boʻladi.

Biz mahsulotlarimizga rasmiy kafolat beramiz va bu kafolat faqat soʻzda emas — hujjat bilan tasdiqlanadi. Agar mahsulotda biror muammo aniqlansa, uni qaytarib olib, hech qanday ortiqcha savollarsiz yangisiga almashtirib beramiz. Barcha shartlar mijozga beriladigan kafolat kartasida aniq koʻrsatilgan.

Ha, mahsulotlarimizni Oʻzbekiston boʻylab yetkazib beramiz. Buyurtma hajmi va manziliga qarab yetkazib berish shartlari alohida kelishiladi. Logistika jarayoni oldindan rejalashtiriladi va mahsulotlar belgilangan muddatda manzilga yetkaziladi.

Ha, biz ishlab chiqarishni mavsumga bogʻlamaymiz — yil davomida, qishda ham uzluksiz ishlaymiz. Zavodimiz 24/7 formatda faoliyat yuritadi, shu sababli buyurtmalar istalgan vaqtda qabul qilinadi va oʻz vaqtida bajariladi.

Ha, barcha mahsulotlarimiz tegishli sertifikatlar va hujjatlar bilan tasdiqlangan. Ishlab chiqarish jarayoni amaldagi davlat standartlariga muvofiq olib boriladi va har bir mahsulot sifat nazoratidan oʻtkaziladi.

Javob topmadingizmi?

+998 55 810 77 77

Dushanba – Shanba, 08:00 – 18:00

Ariza qoldirish

Aniq narxni oling

Mahsulot turi, miqdor va yetkazish manzilini ayting — narxni va muddatni hisoblab beramiz.