Temir-beton (ЖБИ)

Oʻz sementimizda ishlab chiqariladi. Olti turkum, har biri laboratoriya tekshiruvidan oʻtadi.

Temir-beton buyumlar (ЖБИ)

Muammo

Nima uchun bu muhim

Temir-beton buyumda kamchilik montajdan keyin bilinadi — plita oʻrnatilgandan soʻng uni almashtirish butun qavatni qayta koʻtarishni anglatadi.

Yechim

ENZO qanday hal qiladi

Har bir buyum oʻz sementimizda, standart boʻyicha armaturalanadi va zavod laboratoriyasida tekshiriladi. Har partiya bilan OTK xulosasi va texnik hujjatlar beriladi.

Xarakteristika

Texnik maʼlumot

Qiymatlar ENZO GROUP katalogidan. Toʻliq jadval va pozitsiyalar boʻyicha menejer bilan aniqlashtiriladi.

Turkumlar
ПБ · 2ПК · ЛИ · CT · CB · KC
Seysmiklik
7, 8, 9 ball
Hisobiy yuklama
450 · 600 · 800 kgs/m²
Standartlar
Oʻz MSt 648:2025 · ГОСТ 9561-2025 · Oʻz MSt 703:2025 · Oʻz DSt 3315:2018
Nazorat
Har bir partiya — zavod laboratoriyasida

Olti turkum

ПБ

Koʻp boʻshliqli qavat plitalari

ПБ24.12 – ПБ89.12

Uzunlik 2360–8860 mm · eni 1195 mm · B30

2ПК

Koʻp boʻshliqli qavat plitalari

1ПК29 – 1ПК71

Uzunlik 2860–7060 mm · eni 990 / 1190 mm · B15–B22,5

ЛИ

Irrigatsion novlar

ЛИ 30.3.6/4 · ЛИ 60.3.6/4

Uzunlik 3000 / 6000 mm · B22,5

CT

Shpaler ustunlari

CT-1 · CT-1A · CT-2 · CT-2A

Uzunlik 4500 / 3500 mm · B30

CB

Tayanch ustunlari

CB 110-3.5

Uzunlik 11 000 mm · B30 · ВЛ 0,4–35 kV

KC

Quduq halqalari

KC10-6 · KC10-9

Diametr 1 / 1,5 / 2 m · B15–B22,5

Quvvat

Temir-beton buyumlar boʻyicha quvvatimiz

Ishlab chiqarish 24 soat, yil davomida toʻxtamaydi.

100
dona temir-beton plita / kun
6
mahsulot turkumi
100%
laboratoriya nazorati

Tekshiruvlar

Laboratoriya

Mahsulotning qanchalik mustahkamligini koʻz bilan aniqlash qiyin.

Shuning uchun biz har bir mahsulotni zavoddan chiqmasdan oldin laboratoriyada tekshiramiz. Sement, beton, temir-beton mahsulotlar hammasi. Mustahkamlik, namlikka chidamlilik, harorat barchasi oʻlchanadi va qayd etiladi.

01

Mustahkamlik

02

Namlikka chidamlilik

03

Harorat

Sizga yetkazilgan mahsulot allaqachon tekshirilgan. Har bir partiya bilan birga OTK xulosasi va texnik hujjatlar beriladi.

Zavod laboratoriyasidagi press-mashina
Namuna sinov uskunasi

Kalkulyator

Narx qanday hisoblanadi?

Narx hamma buyurtmachilar uchun bir xil emas, chunki hajmlar har xil. Katta hajmda buyurtmalar uchun narx individual hisoblanadi. Doimiy hamkorlar uchun esa alohida shartlar kelishiladi.

Mahsulot, oʻlchov va yetkazish manzilini kiriting — taxminiy narxni oling

Narxlar zavod (Fargʻona viloyati, Quvasoy) narxlari. Yetkazib berish bu hisobga kirmaydi — hududga qarab alohida kelishiladi.

FAQ

Koʻp soʻraladigan savollar

Koʻpchilik ikkilanuvchi savollarga javoblar

Javob topmadingizmi?

+998 55 810 77 77

Dushanba – Shanba, 08:00 – 18:00

Ariza qoldirish

Pozitsiya oraliq uzunligi va hisobiy yuklamaga qarab tanlanadi. Loyihangizdagi oʻlchamlarni ayting — muhandisimiz mos markani (masalan ПБ48.12 yoki 2ПК60.10) va sonini aytib beradi.

Mahsulotlar toʻgʻridan-toʻgʻri zavoddan, vositachilarsiz yetkazib beriladi. Shu sababli mijozlar ENZO mahsulotlarini 1-qoʻl narxda xarid qilish imkoniga ega boʻladi.

Biz mahsulotlarimizga rasmiy kafolat beramiz va bu kafolat faqat soʻzda emas — hujjat bilan tasdiqlanadi. Agar mahsulotda biror muammo aniqlansa, uni qaytarib olib, hech qanday ortiqcha savollarsiz yangisiga almashtirib beramiz.

Ha, mahsulotlarimizni Oʻzbekiston boʻylab yetkazib beramiz. Buyurtma hajmi va manziliga qarab yetkazib berish shartlari alohida kelishiladi.

Ha, biz ishlab chiqarishni mavsumga bogʻlamaymiz — yil davomida, qishda ham uzluksiz ishlaymiz. Zavodimiz 24/7 formatda faoliyat yuritadi.

Ha, barcha mahsulotlarimiz tegishli sertifikatlar va hujjatlar bilan tasdiqlangan. Ishlab chiqarish jarayoni amaldagi davlat standartlariga muvofiq olib boriladi va har bir mahsulot sifat nazoratidan oʻtkaziladi.

Aniq narxni oling

Mahsulot turi, miqdor va yetkazish manzilini ayting — narxni va muddatni hisoblab beramiz.